Xitoyning Shanxay shahridagi universitet markaziy maydoniga buyuk o`zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Alisherning haykali o`rnatildi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.
Yodgorlikning tantanali ochilish marosimida Toshkent shahar hokimligi va O`zbekiston Badiiy akademiyasi vakillaridan iborat delagasiya ishtirok etdi. Shuningdek, marosimda Shanxay universiteti va boshqa oliy o`quv yurtlari xodimlari, xorjiy davlatlar bilan do`stlik aloqalari assosiasiyasi rahbarlari va xodimlari, jamoatchilik vakillari, talaba va jurnalistlar qatnashdi.
Bronzadan yasalgan Alisher Navoiy haykalining balandligi 3 metrni tashkil etadi.







