9 mart kuni Qohira va Misr arxeologlari haqiqiy olamshumul topilmaga duch kelib, 3000 yoshli Ramzes II ning haykalini topishdi, deb xabar berdi “Onedio.ru” nashri.
Qazilma ishlarini misrlik va germaniyalik arxeologlar olib bordi, ularning fikricha, mazkur haykal Ramzes II ning haykalidir. Chunki u Ramzes dafn etilgan maqbara yaqinidan topildi. Uning yonidan yana Ramzesning nabirasi firavn Seti II ning haykali va ieroglifli yodgorlik ham topildi.
Ramzes II ning haykali kvarsitdan yasalgan bo`lib, uning balandligi 8 metrni tashkil etadi. Qazilma ishlari tugagandan keyin haykal qayta tiklanib, 2018 yilda G`azoda ochilishi rejalashtirilgan Katta Misr muzeyiga yuboriladi.
Eslatib o`tamiz, Ramzes II Buyuk Ramzes nomi bilan mashhur bo`lib, tarixdagi buyuk Misr firavnlaridan biri hisoblanadi. U o`z hukmronligi davrida Misr chegaralarini sezilarli darajada kengaytirgan.






