Qatar Yulduzlar Ligasi 23-turida O`zbekiston MTJ a`zosi Sardor Rashidov to`p surayotgan “Al-Jaish” jamoasi safarda “Al-Muaydar” mehmoni bo`ldi.
Mazkur bellashuvda “Al-Jaish” 2:1 hisobida irodali g`alabaga erishdi. O`yinning 50 daqiqasida mezbonlar vakili Udrassi penaltidan hisobni ochgan bo`lsa, 5 daqiqadan keyin Rashidov muvozanatni tikladi.
80 daqiqada Seydu Keyta “Al-Jaish”ga uch ochko keltirgan gol muallifi bo`ldi. Mazkur g`alabadan keyin Rashidov jamoasi uchinchi o`ringa chiqib oldi.






