Hindistonning Gvalior shahrida ITF tennis turnirida kortga sigir ham chiqdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Mukofot puli 15 ming dollarni tashkil etgan turnir qatnashchilari va tashkilotchilari chaqirilmagan mehmonga e`tibor qaratishmadi. Sigir biroz sayr qilgach, xotirjamlik bilan kortni tark etdi.
Hindistonda sigir muqaddas jonivor hisoblangani uchun bunday holat hech kimni taajjubga solmadi, unga sportchilar ham, qo`riqchilar ham hurmat bilan qaradi.






