AsosiySport

Zlatan Ibrahimovich “MYu”da yana ikki yil qolmoqchi

'Zlatan Ibrahimovich “MYu”da yana ikki yil qolmoqchi'ning rasmi

“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich klubi bilan amaldagi shartnomasini 2019 yilgacha uzaytirishga tayyor, deya xabar bermoqda Championat.com.

Shvesiyalik to`purarning amaldagi kelishuvi joriy mavsum yakunida tugaydi. Shartnomada tomonlarning o`zaro roziligi bo`yicha kelishuv muddatini yana bir yilga uzaytirish mumkinligi ko`rsatilgan. Zlatan Ibrahimovich Angliyadagi o`yinidan mamnun va klub bilan shartnomani 2 yilga uzaytirishga tayyor ekani aytdi.

Ma`lumot uchun, ushbu mavsumda Zlatan Ibragimovich APLning 24 o`yinida 15 ta gol va 4 ta goli pasga mualliflik qildi.

Boshqa yangiliklar