AsosiyDunyo

​Ukrainaning sobiq prezidenti rafiqasidan ajrashib, oshpazining singlisiga uylanganini ma`lum qildi

'​Ukrainaning sobiq prezidenti rafiqasidan ajrashib, oshpazining singlisiga uylanganini ma`lum qildi'ning rasmi

Ukraina respublikasining sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Germaniyaning Der Spiegel nashriga bergan intervyusida 45 yillik turmushidan keyin rafiqasi Lyudmila bilan ajrashib, oshpazining singlisiga uylanganligini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Yanukovich noqonuniy rafiqasi bilan 2014 yilda Rossiyaga qochib ketgan. U o`z intervyusida Rostov-na-Donu shahrida yashovchi o`g`li uni moddiy tomondan ta`minlashi haqida ma`lumot berdi. Yanukovich Moskva shahridagi ofis binolaridan birida intervyu berdi. Nemis jurnalistining aytishicha, uni tansoqchilar qo`riqlagan. Ukraina sobiq prezidenti intervyu berish jarayonida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bir necha marotaba uchrashganligini ma`lum qildi.

Boshqa yangiliklar