Amerikaning Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida joylashgan yahudiylar qabristonida 100 dan ortiq yahudiylarning go`riga o`rnatilgan qabr toshlari buzilib, vayron qilindi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Erta tongda qabristonga kelib, mudhish voqeaning guvohi bo`lgan odam polisiyaga qo`ng`iroq qildi. Voqea joyiga etib kelgan polisiyaning patrul-post xizmati xodimlari yodgorliklarning buzilgani, ba`zi birlarining esa maydalab sindirib tashlanganligini ko`rdi. Isroil Tashqi ishlar vazirligi AQSh hukumatidan jinoyatchilarning shaxsini aniqlashni va ularni jazolashni iltimos qildi. Mazkur voqeadan ilgari AQShning Missuri shtatida ham yahudiylar qabristoni vayron qilingan, ammo jinoyatchilar qo`lga olinmagan edi.






