AsosiySport

Messi bir o`yinda ikkita rekord qayd etdi

'Messi bir o`yinda ikkita rekord qayd etdi 'ning rasmi

“Barselona” jamoasi Ispaniya chempionatin 24-turida safarda “Atletiko”ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

Mazkur g`alaba Lionel Messi uchun klub safidagi chempionatda 277-si bo`ldi. Argentinalik futbolchi shu tariqa Dani Alvesni ortda qoldirdi va legionerlar orasida rekordchiga aylanib oldi.

Shuningdek, Messi “Barselona” safida barcha musobaqalarda 400-g`alabasini qo`lga kiritdi. Bu borada Xavi (476 g`alaba) va Andres Inesta (417 g`alaba) Messidan oldinda xolos.

Avvalroq 29 yoshli futbolchi ketma-ket 9 mavsum davomida 20 va undan ortiq gol urgani haqida xabar qilingandi.

Boshqa yangiliklar