“Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” doirasida Farg`ona viloyatida o`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Pakana qishlog`ida joylashgan blok postida Farg`ona shahrida yashovchi 1972 yilda tug`ilgan fuqaro shubhalanib to`xtatib tekshirilganida, uning yonidan 3 kg 825 gr miqdorida giyohvandlik moddasiga o`xshash noma`lum modda borligi aniqlandi va xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olindi. Ekspertiza natijalariga ko`ra ushbu modda “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlandi, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.






