Garchi yoshga doir o`zgarishlarni to`xtata olmasak-da, muammoni chuqurlashtirmaslikning imkoni bor. Ajinlar yuzning qaysi qismida joylashganiga qarab, tahminiy xastaliklarni birgalikda aniqlaymiz.
PEShONA :
– Agar peshonaning yuqori qismi bo`ylab uzun, ingichka ajinlar tarqalgan bo`lsa, hoynaxoy sizni bosh og`rig`i bezovta qiladi.
– Peshonadagi ajinlarning chuqur joylashganligi buyrak faoliyati bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Ehtimol, sizda buyrak shamollashi, tuz yoki qum yig`ilishi kabi muammolar bor.
– Ikkita qosh o`rtasidagi yirik ajinlar gaymorit asoratini bildiradi. Agar gaymorit bilan og`rigan bo`lsangiz, og`riq xurujlarida peshonangizni qattiq tirishtirgansiz. Bu esa ikkita qosh o`rtasidagi teriga zo`riqish bergan.
OG`IZ ATROFI:
– Yuqori lab va burun o`rtasida paydo bo`lgan mayda ajinlar, oshqozon, ichaklar faoliyatidagi buzilishlar hamda gormonal o`zgarishlardan darak beradi.
– Burun va yuqori lab o`rtasidagi yirik ajinlar yurak faoliyatidagi bezovtaliklarga ishora qiladi. O`ylab ko`ring, tez toliqish, zinadan yuqoriga ko`tarilganda hansirash kabilar kuzatilmayaptimi?
– Daxan soxasida tarqalgan uzuq-yuluq ajinlar jigar bilan bog`liq bo`lishi mumkin.
YoNOQLAR:
– Odatda, ushbu yuz sohasida ajinlar nisbatan kam bo`ladi. Ammo buning aksi bo`lsa, oshqozon osti bezi bilan bog`liq o`zgarishlarga taxmin qilinadi.
KO`ZLAR:
– Ko`zning tashqi burchagidan chakkaga qarab tarqalgan mayda ajinlar o`t qopi, hazm faoliyati va oshqozon bilan bog`liq holatlarga e`tibor berishga chorlaydi.
– Ko`z qopchasi bo`ylab yozilgan ajinlar esa uyqusizlik yohud ayrim vitaminlarning etishmovchiligidan dalolat berad;
– Ertalablari ko`z qovoqlarining shishib, yuzasida bilinar-bilinmas mayda ajinlarning paydo bo`lishi buyrak faoliyatidagi o`zgarishlarga taxmin qilinadi.






