AsosiySport

“Chelsi” Angliya Kubogi chorak finaliga chiqdi

'“Chelsi” Angliya Kubogi chorak finaliga chiqdi'ning rasmi

Angliya Kubogi nimchorak finalida mamlakat chempionati peshqadami “Chelsi” safarda Chempionship a`zosi “Vulverxempton”ga qarshi kurashdi.

Uchrashuvning 65-daqiqasida Pedro hisobni ochgan bo`lsa, 89-daqiqada Diego Kosta o`yin taqdirini hal qilgan gol muallifi bo`ldi. Shu tariqa London klubi musobaqaning chorak finaliga yo`l oldi.

Avvalroq Angliyaning amaldagi chempioni “Lester” turnirni tark etgani, “Manchester Siti” esa kutilmaganda “Xaddersfild” bilan durang o`ynagani haqida xabar berilgandi.

Vulverxempton – Chelsi 0:2

Gollar: 0:1 – 65 Pedro, 0:2 – 89 Diego Kosta.

Vulverxempton – Ikeme, Xoz, Batt, Doerti, Elder Koshta, Koudi, Prays, Sevill (Saiss, 84), Edvards, Vaymann (Uilson, 76), Bedvarsson (Ronan, 84).

Chelsi – Begovich, Zuma, Terri, Ake, Chaloba, Fabregas, Mozes, Villian (Kante, 80), Pedro (Aspilikueta, 73), Azar (Loftus-Chik, 86), Diego Kosta.

Ogohlantirishlar: Sevill (21), Vaymann (33), Pedro (49).

Boshqa yangiliklar