Shimoliy Amerikaning tub aholisi bo`lgan hindular ularga tegishli qabilalarning mustaqilligini cheklovchi bir qancha me`yoriy hujjatlar bekor qilinsa, AQSh prezidenti Donald Trampning ma`muriyati bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
“So`nggi 100-150 yil davomida federal hukumat hindularga tegishli erlarni qonundan tashqari ravishda boshqarmoqda”, dedi Amerika hindulari milliy kongressi rahbari Brayan Kladusbi. Oxirgi paytlarda AQSh hukumati tomondan chiqarilgan qonunlar tufayli hindular o`zlariga tegishli erdan ham foydali qazilmalarni kavlab olish huquqidan mahrum bo`lgan. Ruxsat olish uchun ular bir qancha byurokratik to`siqlarga duch kelishmoqda. Kladusbi hukumat respublikachilar qo`liga o`tganligi tufayli hindular mazkur muammo o`z echimini topadi, deb umid qilayotganligini ma`lum qildi.






