AsosiyDunyo

​Moskvada 3 nafar noma`lum shaxs bolta bilan aloqa saloniga hujum qildi

'​Moskvada 3 nafar noma`lum shaxs bolta bilan aloqa saloniga hujum qildi'ning rasmi

Moskvaning janubi-g`arbida joylashgan Azovskiy ko`chasidagi mobil aloqa saloniga bolta bilan qurollangan uch nafar noma`lum shaxs hujum qildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Ammo ular o`zlarining qabih rejalarini amalga oshira olmadi. Salonga tashrif buyurgan erkak jinoyatchilarga qarata travmatik to`pponchadan o`q uzdi. “Kechki soat 21.00 da Azovskiy ko`chasida joylashgan mobil aloqa saloniga bolta bilan qurollangan uch nafar noma`lum shaxslar kirib, xodimlardan pul talab qilgan. Ammo ichkarida bo`lgan mijozlardan biri yonidan travmatik to`pponchani chiqarib, ularga qarata o`q uzgan”, deb xabar berdi huquq-tartibot idorasi xodimlari.

Jinoyatni amalga oshirishga muvaffaq bo`lmagan bosqinchilar noma`lum tomonga qochib ketgan. Voqea joyida polisiya xodimlari ish olib bormoqda.

Boshqa yangiliklar