AsosiyDunyo

​Moldaviyalik dehqonning omborxonasidan harbiy tank topildi

'​Moldaviyalik dehqonning omborxonasidan harbiy tank topildi'ning rasmi

Moldaviya maxsus xizmati xodimlari ajoyib topilmaga duch keldi, deb xabar berdi “1tv.ru” nashri.

Moldaviyaning Varnisa qishlog`ida yashovchi dehqonning omborxonasidan harbiy tank topildi. U bo`laklarga bo`lingani tufayli avvaliga omborxonadagi lash-lushlar orasida ko`zga tashlanmadi. Harbiy mashina mayda bo`laklarga bo`lingan edi. Mutaxassislarning ma`lumot berishicha, mazkur tankning modeli T-54 bo`lib, sobiq sho`ro armiyasining harbiy texnikasi hisoblangan. U qanday qilib, omborxonaga kelib qolgani noma`lum. Huquq tartibot idorasi xodimlari mazkur savol bilan 60 yoshli erkak va uning 36 yoshli o`g`liga murojaat qilishdi, ammo ular bu savolga tayinli javob topib berisholmadi. Harbiy tankning bo`laklari tekshirish uchun ekspertizaga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar