Qirg`iziston prezidenti saylovi 2017 yilning 19 noyabr kuni bo`lib o`tadi, deya xabar beradi Respublika prezidenti matbuot xizmati.
Bu haqda respublika rahbari Almazbek Atambaev saylov bo`yicha Markaziy komissiya raisi Nurjan Shayldabekova bilan suxbat doirasida ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, Atambaev MSK rahbari bilan muloqot chog`ida mamlakatning yangi prezidentini saylash naqadar muhim jarayonligini qayd etdi.
Atambaev avvalroq ikkinchi muddatga nomzodini qo`ymasligi va o`zidan keyin hech kimni qoldirmasligini ma`lum qilgan.






