AsosiyDunyo

​Aktyor Xarrison Fordning samolyoti yo`lovchi tashuvchi layner bilan to`qnashishiga bir bahya qoldi

'​Aktyor Xarrison Fordning samolyoti yo`lovchi tashuvchi layner bilan to`qnashishiga bir bahya qoldi'ning rasmi

O`zining shaxsiy samolyotini boshqarayotgan mashhur aktyor Xarrison Ford yo`lovchi tashuvchi layner bilan to`qnashishiga bir bahya qoldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Voqea 13 fevral kuni, AQShning Kaliforniya shtatidagi Orinj okrugida joylashgan Jon Ueyn aeroportida sodir bo`ldi. Aktyor o`zining ikki o`rindiqli, Husky rusumli engil motorli samolyoti shturvalini boshqargan. Aviadispetcherlar unga 20-L raqamli uchish-qo`nish yo`lagiga qo`nishga ko`rsatma bergan. Ammo Ford boshqa yo`lakka o`tib ketib, ichida 110 nafar yo`lovchisi, 6 ta ekipaj a`zosi bo`lgan American Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 777 samolyotining tagidan o`tdi. Mazkur voqeadan keyin 1546 chi reysli samolyot Dallasga muvaffaqiyatli qo`ndi. AQSh fuqarolik aviasiyasining federal boshqarmasi dispetcherlarning Fordga to`g`ri ko`rsatma berganligini, ammo aktyor ularni noto`g`ri tushunganligini aniqladi. Ayni paytda fuqarolik aviasiyasining federal boshqarmasi voqea yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda, 74 yoshli Xarrison Ford jazo tariqasida yozma ravishda rasman ogohlantirilishi yoki uchuvchilik lisenziyasidan mahrum bo`lishi mumkin.

Boshqa yangiliklar