Buryatiyada polisiyachilar qizini o`ldirib, daryo qirg`og`iga tashlagan 23 yoshli ayolni qo`lga oldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Tergov jarayonida ayol 8 fevral kuni noqonuniy turmush o`rtog`ining qarindoshlarinikiga borib, spirtli ichimlik iste`mol qildi. Kechqurun qizchasi bilan uyiga qaytdi. Ayol qizchani uxlatmoqchi bo`lgan, ammo u yig`idan to`xtamadi. Qizchaning yig`isi joniga tekkan ayol jahl ustida uni avval buzuq magnitafonning bir bo`lagi, keyin esa televizor pulti bilan kaltakladi. Olgan tan jarohatidan qizcha vafot etdi. Shirakayf ayol farzandining o`lganidan bexabar uning oldiga yotib, uxladi. Ertasi kuni tongda qizchaning o`lganini bilib, jasadni qishloqning bir chekkasiga olib borib tashladi. Keyin uysiz, daydilarga qo`shilib, Ulan-Ude shahriga yo`l oldi. Bir necha kun bemaqsad aylanib yurgach, daydilarning maxsus turarjoyiga joylashdi.
Ayolning noqonuniy turmush o`rtog`i 14 fevral kuni uyga qaytib, rafiqasi va qizini topolmagach, polisiyaga murojaat qildi. Polisiyachilar qizchaning jasadini qishloq chetidagi daryoning qirg`og`idan topishdi. Guvohlar so`roq qilingach, ayolning qaerdaligi aniqlanib, qo`lga olindi.






