Kembridj gersoginyasi 2011 yildan beri endi ilk marotaba qizil yo`lakchada paydo bo`ldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
So`nggi yillarda Keyt Middlton bir qancha ommaviy tadbirlarda ishtirok etgan bo`lsa-da, ammo qizil yo`lakchadan yurmaganiga ancha bo`lgandi. Shuning uchun uning BAFTA mukofoti taqdimotidagi ishtiroki matbuot va jamoatchilikda qiziqish uyg`otdi. Keyt Middlton taqdimot marosimiga Alexander McQueen’ modalar uyiga tegishli libos kiydi. U nikoh to`yida ham aynan shu modalar uyining kreativ direktori vazifasida ishlovchi Sara Berton yaratgan to`y libosini kiygan edi.

OAVlar BAFTA taqdimot marosimi tashkilotchilari shahzoda Uilyamning rafiqasini Gollivud yulduzlaridan ustun kelishidan cho`chib, taklif qilishdan cho`chiganliklarini ma`lum qilgan edi.






