AsosiySport

Ilgiz Tantashev OChL–2017 turniri 2-tur uchrashuvida ishlaydi

'Ilgiz Tantashev OChL–2017 turniri 2-tur uchrashuvida ishlaydi 'ning rasmi

O`zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “E” guruhi 2-turidan o`rin olgan “Muangtong Yunayted” (Tailand) – “Kashima Antlers” (Yaponiya) bellashuviga bosh hakam etib tayinlandi.

O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Tantashevga qanotlarda Alisher Usmonov hamda Timur Gaynullin yordam beradi. To`rtinchi hakam vazifasi hindistonlik Ramasvami Srikrishna Koimbatorega yuklatildi.

Uchrashuv komissari – Muhammad Sayfuddin Bin Abu Bakar (Malayziya), hakamlar nazoratchisi – Muhammad Ali Bin Hamad (Singapur).

“Muangtong Yunayted” va “Kashima Antlers” uchrashuvi 28 fevral kuni Tailand poytaxti Bangkok shahridagi Supachasalai National Stadium maydonida bo`lib o`tadi. O`yin mahalliy vaqt bilan 19:30 da start olishi rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar