AsosiyDunyo

​Floridalik baliqchi fanga noma`lum bo`lgan “maxluq”ni tutdi

'​Floridalik baliqchi fanga noma`lum bo`lgan “maxluq”ni tutdi'ning rasmi

AQShning Florida shtatida yashovchi baliqchi Stiv Bargeron fanga noma`lum bo`lgan suv “maxluqi”ni tutdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Kattagina o`ljani qo`lga kiritish maqsadida suvga qarmoq tashlagan Stiv unga ilingan bir yarim metrli mavjudotni ko`rib, hayratdan tili kalimaga kelmadi. U o`ljasini yovvoyi tabiatni qo`riqlash xizmati mutaxassislariga ko`rsatdi. Ammo olimlar ham mavjudotning turini aniqlay olmadi. Ba`zi bir tadqiqotchilar uni suv tubida yashovchi beshiktervatar-qisqichbaqa, deb ma`lumot berishdi. Biroq bunday qisqichbaqalarning uzunligi 30 santimetrdan oshmasligini hisobga oladigan bo`lsak, o`z-o`zidan bu taxmin ham o`z tasdig`ini topmaydi. Chunki Stivning qarmog`iga ilingan mavjudotning uzunligi bir yarim metrga yaqindir.

Beshiktervatar-qisqichbaqalar eng yirik umurtqasiz yirtqichlar hisoblanadi. Ularning asosiy quroli tirnoqlaridir. U tirnoqlari bilan hatto akvariumni ham urib, sindirishi mumkin. Fanga ularning rangi bilan bir-biridan farq qiluvchi 4000 xili ma`lumdir.

    Boshqa yangiliklar