AsosiyDunyo

​Zilzila oqibatida Tayvan aholisi chiroqsiz qoldi

'​Zilzila oqibatida Tayvan aholisi chiroqsiz qoldi'ning rasmi

Tayvanning g`arbiy qismida ro`y bergan zilzila oqibatida ellik ming oila chiroqsiz qoldi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Tayvanning g`arbiy qirg`oqlarida 5,6 balli zilzila ro`y berdi. Mahalliy vaqt bilan tungi soat 01.12 da er silkinishi qayd etildi. Zilzila o`chog`i 18,4 kilometr chuqurlikda joylashgan. Shundan keyin yana ikki marotaba 4,2 balli zilzila qayd etildi.

Zilzila oqibatida ikkita transformatorli podstansiya ishdan chiqdi va 50,9 ming oila chiroqsiz qoldi. Elektriklar brigadasi elektr toki uzatishni yo`lga qo`ydi. Ba`zi bir tumanlarda esa suv bilan ta`minlash tizimi ishdan chiqdi, liftlar to`xtab qoldi, binolarning shifti quladi.

Hozircha jabrlanganlar to`g`risida hech qanday ma`lumot yo`q.

    Boshqa yangiliklar