Balida to`xtovsiz yoqqan yomg`irdan keyin er siljishi oqibatida 12 kishi, shu jumladan 2 nafar yosh bola halok bo`ldi, deb xabar berdi “Russian.rt.com” nashri.
Bu haqda Associated Press nashri tabiiy ofatlarga qarshi kurash bo`yicha Indoneziya milliy kengashi xabariga tayangan holda ma`lumot berdi. Uchta tog`li qishloqda er siljib, bir qancha uylar vayronaga aylandi. Tinimsiz yoqqan yomg`ir tabiiy ofatga sabab bo`ldi.






