Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani IIBga Farg`ona shaharchasida yashovchi fuqaroning uyiga noma`lum shaxs yashirin ravishda kirib, "SAMSUNG" rusumli televizori va 8 million 200 ming so`m pulini o`g`irlab ketganligi haqida xabar kelib tushib, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo`lgan shaxslar bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchining alohida belgilari aniqlandi. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi 26 yoshli va 19 yoshli fuqarolar sodir etganliklari aniqlandi va ular qo`lga olindi.
Hozirda ularning boshqa mulkiy turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






