AsosiyJamiyat

​2016 yilda akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari mingdan ziyod jinoyatga qo`l urgan

'​2016 yilda akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari mingdan ziyod jinoyatga qo`l urgan'ning rasmi

2016 yilda akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari mingdan ziyod jinoyatga qo`l urgan. Ushbu raqamni Prezident Shavkat Mirziyoev 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida qayd etdi.

Buning asosiy sabablaridan biri sifatida shavkat Mirziyoev o`rta maxsus bilim yurtlarida o`quvchilarning davomati tushib ketgani, bu holni o`rganish va nazorat qilish bo`yicha mukammal tizim yaratilmaganligini ko`rsatdi.

Shuningdek yig`ilishda umumiy jinoyatlarning oltitasidan bittasini xotin-qizlar sodir etganligi ta`kidlandi.

“Yoshlar va ayollar jinoyatchiligi borasidagi bu ahvol kishini tashvishga solmay qo`ymaydi”, dedi Prezident.

Yig`ilishda milisiya tayanch punktlari infratuzilmasini takomillashtirish, profilaktika inspektorlarining turmush sharoitini yaxshilash, ichki ishlar organlari tizimini kompleks isloh qilish, uning tarkibiy tuzilmalarini optimallashtirish masalalari ko`rib chiqildi. Ichki ishlar vazirligining tashkiliy tuzilmalari tanqidiy nuqtai-nazardan tahlil qilindi.

Boshqa yangiliklar