AsosiyDunyo

​Braziliyada polisiyachilarning norozilik namoyishida 100 kishi halok bo`ldi

'​Braziliyada polisiyachilarning norozilik namoyishida 100 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Braziliyaning Espiritu-Santu shtatida polisiya xodimlarining norozilik namoyishida ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelib, 100 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi “Regnum.ru” nashri.

6 kundan beri to`xtamagan mazkur norozilik namoyishida 100 dan ortiq odam qurbon bo`ldi.

Polisiya xodimlarining norozilik namoyishi vaqtida shtatda ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelib, savdo do`konlari talon-taroj qilindi, avtomobillar olib qochildi. Tartibsizlik oqibatida maktablar, tibbiyot muassasalari, do`konlar yopildi, jamoat transportining ish tartibi buzildi. Globo telekanalining ma`lumot berishicha, 9 fevral kuniga qadar norozilik namoyishi oqibatida 106 kishi halok bo`lgan. Mamlakat hukumati vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida bronemashinalar, 1200 nafar harbiy xizmatchi va federal polisiyani jalb etdi. Braziliyaning polisiya xodimlari oylik maoshlarini oshirishni so`rab 4 fevral kuni ish tashlash e`lon qilgan. Hukumat vakillari va polisiyachilar o`rtasida bir necha marotaba muzokara olib borilganiga qaramay, vaziyatni yumshatishga muvaffaq bo`linmadi.

    Boshqa yangiliklar