AsosiySport

“Paxtakor” Serbiya klubi bilan durang o`ynadi

'“Paxtakor” Serbiya klubi bilan durang o`ynadi'ning rasmi

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Turkiyadagi yig`ini doirasida navbatdagi nazorat o`yinini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati Telegramdagi kanali orqali ma`lum qildi.

Serbiyaning “Radnichki” klubiga qarshi bahsda toshkentliklar 1:1 hisobida durang o`ynashdi. Raqibning penaltidan goliga ikkinchi bo`limda Ismatullaev aniq zarbasi bilan javob berdi

“Paxtakor”ning navbatdagi nazorat bahsi 13 fevral kuni Ukrainaning “Stal” jamoasiga qarshi o`tkaziladi.

“Paxtakor” – “Radnichki” 1:1

“Paxtakor”: Ergashev, Alijonov, Oraxovas, Tojiev, Avilov, Ismatullaev, O`runov, Karimov, Nurullaev, Ibrohimov, Hakimov

Zaxira: Hamroev, G`anixonov, Asqarov, Yusupov, G.Ahmedov

Boshqa yangiliklar