“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga Sarvar Ashurov tayinlandi. Bu haqda “Kamolot” saytida ma`lum qilindi.
Ashurov Sarvar G`anievich 1982 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug`ilgan. O`zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent Moliya institutlarini tamomlagan. 2013 yildan buyon «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengash raisi o`rinbosari, «Kamalak” bolalar tashkiloti raisi. «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.
Eslatib o`tamiz, 2010 yildan buyon “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Bahodir G`aniev shu yilning yanvar oyida Prezident Devoni yoshlar siyosati masalalari sektoriga rahbar etib tayinlangandi.
Dmitriy Dyujev o`zbekistonlik talabaning filmida suratga tushdi (Foto)https://t.co/xtENh7eG4Z
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 7 fevralya 2017 g.






