AsosiyJamiyat

​Abdulaziz Kamilov ETTB boshqaruvchi direktori bilan uchrashdi

'​Abdulaziz Kamilov ETTB boshqaruvchi direktori bilan uchrashdi'ning rasmi

Bugun, 6 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkentga kelgan Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) Markaziy Osiyo va Rossiya bo`yicha boshqaruvchi direktori Natalia Xanjenkova boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuv chog`ida O`zbekiston va ETTB o`rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari muhokama qilindi.

Ikki tomon munosabatlarida vujudga kelgan muayyan to`xtalish hamkorlikning holati va istiqbollariga zamonaviy shartlar asosida yangicha nigoh tashlashga imkon berishi ta`kidlandi.

Shuningdek, ETTB prezidenti Suma Chakrabartining O`zbekistonga bo`lajak tashrifi kun tartibi ham ko`rib chiqildi.

Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Shahriyor Turg`unboev olgan surat

Boshqa yangiliklar