AsosiySport

“Milan” muammolar girdobiga kirib qoldi

'“Milan” muammolar girdobiga kirib qoldi'ning rasmi

Italiya chempionati 23-turida “Milan” jamoasi o`z maydonida “Sampdoriya” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

Murosasiz kechgan o`yinda milanliklar kutilmaganda 0:1 hisobida yutqazib qo`yishdi. Uchrashuvning 70-daqiqasida Muriel tomonidan kiritilgan yagona gol “Sampdoriya”ning g`alabasini ta`minladi.

Muvaffaqiyatsizlik gidobiga kirib qolgan “Milan” evrokuboklar zonasidan uzoqlashishda davom etmoqda. Ayni vaqtda jamoa 8-o`rinda bormoqda.

Milan – Sampdoriya 0:1

Gol: Muriel, 70

Milan: Donnarumma – Kuska, Sapata, Paletta, Romanoli – Bertolachchi (Okampos, 79), Sosa, Pashalich (Abate, 72), Suso, Deulofeu – Bakka (Lapadula, 72)

Sampdoriya: Viviano – Berejinski, Silvestre, Skriniar, Redjini – Linetti, Torreyra, Prat – Brunu Fernandesh (Djurichich, 54) – Kvalyarella (Shik, 71), Muriel (Alvares, 80)

Ogohlantirishlar: Linetti, 28, Djurichich, 90+4 – Bakka, 45, Suso, 61, Kuska, 63.

Chetlatish: Sosa, 90

Boshqa yangiliklar