Italiya chempionati 23-tur markaziy o`yinida “Yuventus” o`z maydonida “Inter” futbolchilarini qabul qildi.
Anchagina qiziqarli kechgan o`yinda turinliklar 1:0 hisobida zafar quchdi. O`yindagi yagona golga Xuan Kuadrado mualliflik qildi.
Mazkur g`alabadan keyin Massimiliano Allegri shogirdlari ochkolari sonini 54 taga etkazib, peshqadamlikni mustahkamlab oldi. "Inter" 42 ochko bilan beshinchi pog`onada qolib ketdi.
“Yuventus” – “Inter 1:0” (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 45 Kuadrado.
“Yuventus” – Buffon, Lixtshtayner (Dani Alves, 80), Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Xedira, Pyanich, Kuadrado (Markizio, 71), Dibala (Rugani, 85), Mandjukich, Iguain.
“Inter” – Xandanovich, Murilo, Medel, Miranda, D`Ambrozio, Galyardini, Brozovich (Kondogbia, 58), Kandreva (Eder, 58), Joau Mariu (Palasio, 79), Perishich, Ikardi.
Ogohlantirishlar: Kandreva (7), Pyanich (23), Medel (43), Mandjukich (46), Kuadrado (64), Xedira (65), Kellini (74), Xandanovich (90).
Chetlatish: Perishich (90).






