AsosiySport

APL. London derbisida “Chelsi” g`alaba qozondi

'APL. London derbisida “Chelsi” g`alaba qozondi'ning rasmi

Angliya chempionati 24-tur markaziy o`yinida “Chelsi” o`z maydonida “Arsenal” futbolchilarini qabul qildi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 3:1 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Markos Alonso hisobni ochgan bo`lsa, 53-daqiqada Eden Azar hisobni orishdi. 85-daqiqa Fabregas Petr Chexning xatosidan foydalanib, hisobni yirik ko`rinishga olib keldi. Ammo o`yin oxirida Olive Jiru hisobni qisqartirdi.

Mazkur g`alabadan keyin “Chelsi” ochkolari sonini 59 taga etkazib, peshqadamlikni ancha mustahkamlab oldi. “Arsenal” 47 ochko bilan uchinchi o`rinda qolib ketdi.

“Chelsi” – “Arsenal” 3:1

Gollar: 1:0 – 13 Alonso, 2:0 – 53 Azar, 3:0 – 85 Fabregas, 3:1 – 90 Jiru.

“Chelsi” – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes (Zuma, 88), Pedro (Villian, 84), Kante, Azar (Fabregas, 84), Diego Kosta.

“Arsenal” – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin (Gabriel, 17), Koselni, Uolkott (Uelbek, 70), Oksleyd-Chemberlen, Sanches, Ozil, Ivobi, Koklen (Jiru, 65).

Ogohlantirishlar: Mustafi (23), Matich (70).

Boshqa yangiliklar