AQShning Sietl federal sudi sudyasi prezident Donald Trampning muhojirlar sonini qisqartirish to`g`risidagi farmoni ijrosini vaqtincha to`xtatdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Vashington va Minnesota shtatlaridan kelgan so`rovnomaga muvofiq sudya Jeyms Robart shu qarorga keldi.
Eslatib o`tamiz, 27 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp etti musulmon mamlakati —Suriya, Yaman, Sudan, Liviya, Somali, Iroq va Eron fuqarolarini AQSh hududiga kiritmaslik to`g`risida farmonga imzo chekkan edi.






