AsosiyJamiyat

​«Yosh chegarachilar» musobaqalari yuksak saviyada o`tadi

'​«Yosh chegarachilar» musobaqalari yuksak saviyada o`tadi'ning rasmi

Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan sog`lom, ma`nan etuk va barkamol etib tarbiyalash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida joylarda turli madaniy-ma`rifiy uchrashuvlar, sport musobaqalari o`tkazilmoqda. Bir necha yildan beri mamlakatimiz miqyosida o`tkazib kelinayotgan “Yosh chegarachilar” musobaqasi ham ana shunday tadbirlar sirasiga kiradi.

O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi «Yoshlarga oida davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Qarori hamda 2016 yil 20 dekabrdagi Farmoyishi ijrosini ta`minlash maqsadida “Yosh chegarachilar” musobaqalari 2017 yilning fevral-may oylarida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur musobaqani o`tkazishda Respublika chegaraoldi hududlarida joylashgan kasb-hunar kollejlari va akademik lisey o`quvchilarini xizmatga tayyorlash, ularni Vatanga muhabbat, harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, “O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to`g`risida”gi Qonunni keng tag`ib qilish singari ezgu maqsadlar ko`zda tutilgan.

Ushbu musobaqalar O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo`mitasi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati, xalq ta`limi vazirligi, Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligini O`rta-maxsus kasb-hunar ta`limi markazi, ichki ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi singari bir qator idora va tashkilotlar hamkorligida, chegaraoldi hududlardagi o`rta-maxsus ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan o`quvchilar o`rtasida o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

2011-2016 yillar davomida o`tkazilgan saralash bosqichlarida yurtimizning barcha chegaraoldi hududlaridagi kollej va liseylardan 17 ming nafardan ortiq o`quvchi jalb qilingan. Jamoalar harbiy vatanparvarlik musobaqalar nizomidan joy olgan safda yurish tayyorgarligi, harbiy varaqalar, albom va vimpellar ko`rigi, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy tayyorgarlik, davlat chegaralari to`g`risidagi bilimlar, AKM avtomatini qismlarga ajratish va yig`ish, belgilangan masofaga yugurish, turnikka tortilish, Birinchi Prezidentimiz asarlari, ingliz tili bilimdonligi singari yo`nalishlarda o`z bilim va mahoratlarini sinovdan o`tkazadilar.

Shuningdek, MXX rahbariyati tomonidan yosh chegarachilarga chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilarining jangovar faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun barcha imkoniyatlar yaratib beriladi.

    Boshqa yangiliklar