AsosiyDunyo

​Xakerlar Bekxemning aybini fosh etuvchi yozishmalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi

'​Xakerlar Bekxemning aybini fosh etuvchi yozishmalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi'ning rasmi

Devid Bekxemning shaxsiy yozishmalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan xakerlarning nishoniga aylandi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Bekxem o`z yozishmalarida YuNISEF xayriya ishlari bilan risarlik unvonini olish uchungina shug`ullanganini tan olgan.

“Jin ursin, bu pullar meniki, ularni qaerga ishlatish shaxsiy ishim. Xayriya uchun pul sarflashni istamayman”, - deb yozgan undan xayriya ishlari uchun million dollar so`ragan xayriya tashkiloti haqida. Nashrning ma`lum qilishicha, Bekxem yozishmalaridan birida unga faxriy unvonni ravo ko`rmagan Buyuk Britaniya lordlaridan norozi bo`lib, ularni haqorat qilgan.

Bekxemning vakillari uning shaxsiy yozishmalari oshkor qilinganini tasdiqladi, ammo yuqoridagi fikrlarga izoh berishni lozim topmadi.

    Boshqa yangiliklar