AsosiyDunyo

​Aleppoda o`qqa tutilgan maktabda bolalar halok bo`ldi

'​Aleppoda o`qqa tutilgan maktabda bolalar halok bo`ldi'ning rasmi

Suriyaning Aleppo shahrida kecha IShID jangarilari tomonidan mashg`ulot olib borilayotgan maktab o`qqa tutildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Ma`lumotlarga ko`ra, 8 ta bola halok bo`lgan, yaradorlar bor. Otishma oqibatida halok bo`lgan bolalarni mahalliy klinikaga olib ketilayotgani aks etgan dastlabki videolar paydo bo`ldi. Unda halok bo`lgan sinfdoshlarining jasadlarini olib chiqishga yordam berayotgan bolalarni ko`rish mumkin.

Hozircha halok bo`lgan va yaradorlar haqida rasman, aniq ma`lumot berilmadi.

    Boshqa yangiliklar