“Toshkent” markaziy seysmostansiyasi ma`lumotiga ko`ra, 2017 yil 2 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:35 da Jizzax shahrida 2 ball, Samarqand shahrida 2 balli er silkinishi qayd qilindi.
Zilzila episentri Toshkent shahridan 204 km g`arbiy yo`nalishda O`zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati hududida joylashgan bo`lib, magnitudasi M=4.2 ni tashkil etgan. Koordinatalari: 40.59N 67.07E.
Sodir bo`lgan er silkinishi natijasida ijtimoiy ob`ektlar va aholi turar-joy binolariga talofat etganligi to`g`risida ma`lumot kelib tushmadi.






