Xitoyning sharqida joylashgan Chjeszyan viloyatida bir paytning o`zida besh qavatli uchta bino qulab, vayronaga aylandi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Odamlar vayrona tagida qolgan. Voqea mahalliy vaqt bilan soat 08:05 da Venchen uezdida bo`ldi. Falokat bo`lgan joyga 100 nafar qutqaruvchi va o`t o`chiruvchilarning 8 ta brigadasi etib keldi. Bino vayronalari tagida 6 kishi qolgani taxmin qilinmoqda.
Qutqaruvchi va o`t o`chiruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda. Hozircha yarador va qurbon bo`lganlar haqida ma`lumotlar yo`q. Binoning qulashiga nima sabab bo`lgani haqida ham aniq ma`lumotlar aytilmadi.






