1 fevral, chorshanba kuni O`zbekiston shaxmat federasiyasining navbatdan tashqari konferensiyasida rahbariyatning yangi tarkibi tasdiqlandi, deb xabar beradi federasiya axborot xizmati. Unga ko`ra, O`zbekiston shaxmat federasiyasining prezidenti etib Inoyatov Ulug`bek Ilyasovich saylandi.
Birinchi vise-prezident etib FIDE vakili – Turdialiev Husan Xudoyqulovich, vise-prezidentlikka Kamolov Akmal Saydakbarovich, Qosimjonov Rustam Mashrukovich, Umurzoqov Bahodir Hamidovich, G`afurov Eldor Shukurovich, Qo`ziev Tursunali Karimovich saylandi.
Konferensiya ishtirokchilari O`zbekiston shaxmat federasiyasining sobiq prezidenti Alisher Sultonovga minnatdorchilik bildirishdi va uning shaxmat rivojiga qo`shgan hissasini alohida e`tirof etishdi.
Federasiya bosh kotibi lavozimiga Xoliqova Xurshidabonu tasdiqlandi.












