AsosiySport

O`zbekistonning JCh–2018 saralashidagi raqibi Qatar termasi Ozarbayjon bilan o`rtoqlik o`yini o`tkazadi

'O`zbekistonning JCh–2018 saralashidagi raqibi Qatar termasi Ozarbayjon bilan o`rtoqlik o`yini o`tkazadi 'ning rasmi

O`zbekiston terma jamoasining JCh–2018 saralash bosqichidagi raqibi – Qatar termasi Ozarbayjon bilan o`rtoqlik o`yinida maydonga tushadi.

Uchrashuv 9 mart kuni Doha shahridagi “Jassim bin Hamad” stadionida bo`lib o`tadi. Bellashuv mahalliy vaqt bilan 18:00 da boshlanadi. Mazkur bellashuv Qatar terma jamoasi uchun JCh–2018 turniriga saralash bosqichi ikkinchi davrasi oldidan tayyorgarlik vazifasini o`taydi.

Ma`lumot uchun, Qatar terma jamoasi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 4 ochko bilan 5-o`rinda bormoqda. O`zbekiston termasi esa 9 ochko bilan uchinchi pog`onani egallagan.

O`zbekiston va Qatar saralash bosqichi 7-turida o`zaro to`qnash keladi. Mazkur o`yin Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar