1 fevraldan boshlab, Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy saytining arabcha talqini ishga tushdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
“Rossiya mudofaa vazirligining yangi internet manbasida arab tilida so`zlashuvchi aholi Suriyadagi vaziyat haqida axborot beruvchi maxsus bo`limdan har kuni Suriyadagi bir-biriga qarshi bo`lgan tomonlarning yarashuvi haqidagi Rossiya markazining xabarlari bilan tanishishi mumkin”, deb xabar berdi harbiy idora.
Shuningdek, saytning arabcha talqinida Aleppo shahrida va Suriyaning boshqa shaharlaridagi gumanitar vaziyat haqida byulleten ham chop etiladi. Rossiya Federasiyasi qurolli kuchlari haqidagi eng so`nggi xabarlar ham yangiliklar lentasida arab tilida berib boriladi.
Ilgari Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy saytining ingliz, fransuz va ispan tilidagi talqinlari ham ishga tushirilgan edi.






