“O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi muhokamasi bo`yicha takliflarni qabul qilish muddati yakunlandi.
Taklif va mulohazalarni qabul qilish joriy yilning 28 yanvar kuni soat 18-00 gacha davom etdi. Strategiya besh yo`nalishni o`z ichiga oldi.
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari
II. Qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishlari
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishari
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari
V. Xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta`minlash hamda chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo`nalishlar.
Ta`kidlash joizki, ilk bor mamlakatning muhim hujjati internetda keng muhokama uchun ochiq bo`ldi. Loyiha O`zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portali regulation.gov.uz’ga joylandi.
Mazkur Farmon loyihasining muhokamasi chog`ida 1313 izoh kelib tushdi, shulardan 116 qabul qilinib, 284 rad etildi.
Strategiyaning barcha yo`nalishlari 23 dan 28 yanvar kunlari O`zEOAVMA tomonidan tashkillashtirilgan Media-haftalik doirasida muhokama qilindi. Unda 50 ortiq ekspertlar va 400 OAV vakillari ishtirok etishdi. Besh kun davomida 150 ortiq savol yuzlab takliflar bildirildi.






