AsosiyJamiyat

​2016 yilda O`zbekistonda qiymati 5,2 milliard AQSh dollar bo`lgan investisiya loyihalari amalga oshirildi

'​2016 yilda O`zbekistonda qiymati 5,2 milliard AQSh dollar bo`lgan investisiya loyihalari amalga oshirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Investisiya dasturi doirasida 2016 yilning yanvar-dekabr oylarida investisiya loyihalarining amalga oshirilishi to`g`risida ma`lumot berdi.

2016 yildagi faol investision siyosatni amalga oshirish natijasida umumiy qiymati 5,2 mlrd. dollar bo`lgan 164 ta loyihalarni amalga oshirish yakunlandi hamda 5329 ta yangi ish o`rinlari yaratildi. Jumladan neft-gaz sanoatida - 9 ta loyiha, rangli metallurgiya tarmog`ida - 20, elektroenergetika sohasida - 5, mashinasozlik tarmog`ida - 3, elektrotexnika sohasida - 16, engil sanoatda - 17, boshqa tarmoqlarda - 94 ta loyihalar.

Xususan, “450 MVt quvvatli ikki bug` stansiyasi qurish orqali Tolimarjon IESni kengaytirish”, “Angren IESda tepofikasion tanlov bilan yuqori kulli ko`mirni yoqish uchun 130-150 MVt quvvatli energoblok qurish”, “Siquv kompressor stansiyasini qurish orqali Sharqiy Berdaq va Shimoliy Berdaq konlari qo`shimcha infratuzilmasini rivojlantirish”, “Jizzax viloyatidagi sement zavodini kengaytirish”, “Mis eritish zavodida yangi erituv pechini qurish”, “Qalmoqqir konining balansdan tashqari rudalarini ishlab chiqarishga jalb qilish”, AJ “DjiEm O`zbekiston”da “Engil avtomobillarning ”T-250” modelini ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo`lini qurish”, “O`zbekiston havo yo`llari” MAK havo kemalari parkini yangilash (2 ta yangi Boing-787 Dreamliner samolyotlarini olib kelish)” , “Indorama Qo`qon tekstil” XK MChJda ip yigiruv ishlab chiqarishni tashkil etish (IV bosqichi)” va “Andijon viloyatidagi “Fanteks” MChJda ip yigiruv ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Meylisoy” konini qurilishi” va “Sirdaryo viloyatidagi “Guliston Med Texnika” MChJ QKda bir marta foydalanish uchun sterillangan shprislar ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Jizzax plastmassa” AJda polietilen plenkalarini va trubalarni ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Jizzax” EIZsida shisha tolasidan issiqlik izolyasiyasini ta`minlaydigan mahsulotlarni va keng assortimentdagi elektrotexnik mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish” va boshqalar.

Boshqa yangiliklar