Kanadaning Kvebek shahar islom madaniy markazida bo`lgan otishma oqibatida besh kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Uch nafar qurollangan noma`lum shaxslar machitga kechki namoz paytida bostirib kirishdi. Bu paytda machitda 40 nafar odam bo`lgan. Hujum uyushtirganlar “Allohu akbar!” deb qichqirgancha, odamlarga qarata o`t ochgan.
Markaz rahbari Muhammad Yangi otishma binoning birinchi qavatida bo`lganligini, jinoyatchilar keyin ikkinchi qavatga ko`tarilganini ma`lum qildi. Yaralanganlar shahar kasalxonasiga etkazildi, hozircha ularning soni ma`lum emas.
Voqea joyiga etib kelgan huquq-tartibot idorasi xodimlari hujumda gumonlangan ikki shaxsni qo`lga oldi. Kvebekdagi islom madaniy markazi shahardagi eng katta machit hisoblanadi.






