Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin kunlarda O`rta Osiyo mamlakatlariga, shu jumladan Tojikiston va Qirg`izistonga ham safar uyushtirishni rejalashtirdi, deb xabar berdi “Mir24.tv”nashri.
Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma`lum qildi.
“Haqiqatan ham prezident bir necha safarni amalga oshiradi, shu jumladan Tojikiston va Qirg`izistonga ham. Hozirda tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Tayyorgarlik doirasida huquqlararo komissiyaning yig`ilishi ham o`tkazilishi ko`zda tutilmoqda. Prezident safar davomida Markaziy Osiyoning bir qancha mamlakatlariga borishni rejalashtirdi. Tashrifning aniq muddati keyinroq e`lon qilinadi”, deb ma`lumot berdi Dmitriy Peskov.






