AsosiyShou-biznes

​2016 yil yakunlari bo`yicha “E`tirof” mukofoti taqdimoti o`tkaziladi

'​2016 yil yakunlari bo`yicha “E`tirof” mukofoti taqdimoti o`tkaziladi'ning rasmi

Madaniyat va sport ishlari vazirligi taklifi bilan madaniyat, san`at, sport va ijodiyot sohasida "E`tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi 2017 yil 14 fevral kuni o`tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 yanvardagi "Madaniyat, san`at, sport va ijodiyot sohasidagi "E`tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimini o`tkazish to`g`risida”gi majlis bayoni qabul qilingan.

Mazkur majlis bayoni bilan "E`tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimini tashkil etishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish bo`yicha respublika Tashkiliy-ijodiy guruhi hamda nomzodlarni saralovchi Badiiy kengash tashkil etilgan.

"E`tirof” mukofoti "Teatr, kino va ommaviy tomoshalar”, "Estrada, an`anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san`ati”, "Tasviriy va amaliy san`at”, "Badiiy ijod, jurnalistika va televidenie”, "Sport”, "E`tibor, ehtirom, e`zoz” kabi yo`nalishlar bo`yicha o`tkaziladi.

"E`tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi 2017 yil 14 fevral kuni "Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar