AsosiySport

“Al-Jaish” ochko yo`qotdi, Sardor Rashidov 90 daqiqa to`liq o`ynadi

'“Al-Jaish” ochko yo`qotdi, Sardor Rashidov 90 daqiqa to`liq o`ynadi'ning rasmi

Qatar Yulduzlar Ligasi 18-turida O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Sardor Rashidov to`p tepayotgan “Al-Jaish” safarda “Umm-Salal” mehmoni bo`ldi.

Teng kurashlar ostida o`tgan o`yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Uchrashuvning 36-daqiqasida mezbonlar vakili Xilol Muhammad hisobni ochgan bo`lsa, 61-daqiqada Ilyos hisobni tenglashtirdi.

70-daqiqadan boshlab “Al-Jaish” bir kishi ko`p bo`lib harakat qildi, ammo bu vaqt ichida hisobni o`zgartirishga erisha olmadi.

Mazkur uchrashuvda Sardor Rashidov 90 daqiqa to`liq o`ynadi.

Mazkur turdan keyin “Al-Jaish” ochkolari sonini 35 taga etkazib, uchinchi o`rinda qoldi. Ammo “Al-Rayyan” bitta kam o`yin o`tkazgan holda 34 ochko bilan to`rtinchi o`rinda bormoqda.

Boshqa yangiliklar