Germaniyaning “Gamburg” klubida to`p surgan yarim himoyachisi Alen Xalilovich faoliyatini yana Ispaniyada davom ettiradi. “Las-Palmas” klub uni ijaraga oldi.
Ma`lumotlarga ko`ra, “orolchilar” 20 yoshli xorvatiyalik futbolchini 1,5 yil muddatga ijaraga oldi.

Ma`lumot uchun, Alen Xalilovich Zagrebning “Dinamo” klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Yosh iqtidor egasi “Barselona”da ham to`p surgan.






