Toshkent shahar hokimligining saytida xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan oilalarda ijtimoiy-ma`naviy muhitni sog`lomlashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to`g`risida ma`lumot berildi.
Xotin-qizlar qo`mitalari oldiga qo`yilgan oilalar va ayollar bilan bog`liq muammolar hal etish borasida aniq va maqsadli tizim yaratildi va bu tizimda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda amaliy ishlar tashkil etildi.
Jumladan, oilalarda ajrimga sabab bo`luvchi 7 ta asosiy sabablar qamrab olingan jadvallar asosida oilabay o`rganish ishlari tashkil etilib, olib borilgan ishlar natijasida bir qator muammolar hal etildi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimi o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi F.Abdurahimova.
Jumladan, imkoniyati bo`la turib, oilasi va farzandlarini uy-joy bilan ta`minlamagan fuqarolardan 35 nafarining, aliment pulini to`lamasdan yurgan 44 ta fuqaroning, uyga kiritib qo`yish bo`yicha sudning ijro hujjatlari mavjud bo`la turib, ijro etilmagan 13 ta oilalarning, yashayotgan manzilida doimiy ro`yhatsiz (propiskasiz) yashayotgan 237 ta onalarning muammolari hal etildi.
Shuningdek, oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida fuqarolik sudi bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida 2016 yilning yakunida oilaviy ajrimlar soni 2015 yilga nisbatan -711 taga kamayishiga erishildi.
Shu bilan birga, Xotin-qizlar qo`mitasi, mahalla va fuqarolik sudlari tomonidan yarashtirilgan oilalar soni 1.127 tani tashkil etib, bu oilalardagi 1.479 ta voyaga etmagan bolalar ota-ona bag`rida tarbiya topadigan bo`ldi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.






