World Boxing News nomli sport portali Kiev shahar meri Vitaliy Klichkoning 16 yoshli o`g`li Egor-Danielni alligator tishlagani haqida ma`lum qildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Portalning yozishicha, Ukraina poytaxtidagi Evargleyds Milliy xiyobonida merning o`g`li alligatorga ovqat berayotganda, unga yirtqich hujum qilgan. Egor-Daniel mazkur xiyobonda ko`ngillilar qatorida ishlagan.
OAVlar hattoki qo`lida tikilgan jarohati bo`lgan yigitning suratini ham chop etishdi.
Vitaliy Klichkoning matbuot kotibi Oksana Zinoveva mazkur faktni inkor etdi. Uning ma`lum qilishicha, Kiev shahar meri o`g`lining Facebook ijtimoiy tarmog`ida shaxsiy sahifasi yo`q. Bu voqeani u “navbatdagi mish-mish”, deb atadi.
“Vitaliy Klichkoning o`g`lini alligator tishlagani yolg`on. Bu navbatdagi mish-mish, u hozir Ukrainada emas, balki Amerikaga o`qishga ketgan”, deb ma`lum qildi Oksana Zinoveva.






