Avval xabar berganimizdek, bugun 23 yanvar kuni Toshkentda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalik start oldi.
Ochilish marosimida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi o`rinbosari Svetlana Ortiqova nutq so`zladi. Svetlana Ortiqova o`z nutqida media-maydon tashkil etilishida mass-medianing nodavlat sektorining hissasi katta ekanligini alohida ta`kidlab o`tdi.
“Eng muhimi, biz sizlar bilan bu Strategiya bizga nima beradi, degan savolga javob berishimiz kerak. O`zbekistonning xavfsizligi, farovonligi va siyosiy barqarorligi mintaqadagi xavfsizlik va siyosiy barqarorlikka ham ta`sir ko`rsatadi. Davlat va nodavlat OAV bu xalq va hukumat o`rtasidagi ko`prikdir. OAVning asosiy vazifasi muhokamaning asl mazmuni va maqsadidan xabardor bo`lib, uni xalqqa to`g`ri etkazishdir”, deydi Svetlana Ortiqova.






